"Lokomotiv" qay tarzda "Navbahor"ni mag‘lub etdi? (video)

"Lokomotiv" qay tarzda "Navbahor"ni mag‘lub etdi? (video)
Amaldagi chempion - \"Lokomotiv\" klubi bu tur o‘z maydonida \"Navbahor\"ni qabul qildi. Toshkentdagi “Lokomotiv” stadionida kechgan bellashuvda “temiryo‘lchilar” 1:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Uchrashuvdagi yagona gol 76-daqiqada Marat Bikmayev tomonidan kiritildi. Mazkur muvaffaqiyatdan so‘ng Andrey Fyodorov shogirdlari jamg‘argan ochkolar soni 33 taga yetdi va jamoa turnir jadvalida peshqadamlikni saqlab qoldi.

24 ochkosi bor \"Navbahor\" esa 3-pog‘onda bormoqda. Quyida bugun bo‘lib o‘tgan o‘yin videosharhini tomosha qilish imkoniga egasiz.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.