Shomurodov: "Yana gol urishni istayman"

Shomurodov: "Yana gol urishni istayman"
\"Rostov\" hujumchisi Eldor Shomurodov \"Anji\"ga qarshi bo‘lib o‘tgan RPLning 12-tur o‘yini haqida fikr bildirdi.

\"Birinchi bo‘limda o‘yinni nazorat qildik, chetlatishdan so‘ng qiyinchiliklarga duch keldik. Ustunlik biz tomonda edi. Bahs oxiridagi xavfni hisobga olmasak, raqib vaziyat yarata olmadi.

Omadim kelmadi, aniqlik yetishmadi. Yana gol urishni judayam istayman, chunki hujumchi uchun eng muhimi - gol urish\" - deydi Eldor Shomurodov.

Shomurodov joriy mavsum RPLning 10ta uchrashuvida maydonga tushdi. Hujumchi \"Sizran\"ga qarshi Rossiya Kubogi uchrashuvida gol urishga muvaffaq bo‘lgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.