Ronaldu "Yuventus"ning 60 yillik rekordini takrorladi

Ronaldu "Yuventus"ning 60 yillik rekordini takrorladi
“Yuventus” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Turin jamoasining 60 yillik rekordini takrorladi.

Portugaliyalik futbolchi “Yuventus” safidagi dastlabki 10 o‘yinda 7 golga mualliflik qilgan. Avvalroq bu rekord uelslik Jon Charlzga tegishli edi. Bu futbolchi ushbu natijasini 1957/58 mavsumda qayd etgan.

Bu natija faqatgina Italiya chempionati o‘yinlarida hisoblanadi.

Gonsalo Iguain, Karlos Teves va Filippo Indzagi ham ushbu rekordni takrorlashga yaqin kelishgan, ammo ular faqatgina “Yuventus” safidagi 10 uchrashuvda 6 gol bilan cheklanishgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.