"Barselona" so‘nggi daqiqalarda 2 ta gol urib, mag‘lubiyatni g‘alabaga aylantirdi

"Barselona" so‘nggi daqiqalarda 2 ta gol urib, mag‘lubiyatni g‘alabaga aylantirdi
Ispaniya chempionati 11-turidan o‘rin olgan navbatdagi o‘yinlar o‘tkazildi.

\"Rayo Valekano\" maydoniga safar qilgan \"Barselona\" qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi – 2:3.

11-daqiqada Suares mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 35-daqiqada Poso oradagi farqni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘limning 12-daqiqasida Garsiya mezbonlarni hisobda olib chiqdi. O‘yinning asosiy vaqti tugashiga 3 daqiqa qolganida Dembele farqni yo‘qqa chiqarishga erishgan bo‘lsa, oradan 90-daqiqada Suares kataloniyaliklarga g‘alaba keltirgan golni kiritdi.

Rayo Valekano – Barselona 2:3
Gollar:
0:1 – 11 Suares, 1:1 – 35 Poso, 2:1 – 57 Garsiya, 2:2 – 87 Dembele, 2:3 – 90 Suares.

Rayo Valekano – Garsiya, Amat, Galves (Velaskes, 71), Advinkula, Moreno, Poso, Komesanya, Embarba, Imbula, Trexo (Garsiya, 57), de Tomas (Alegriya, 65).
Barselona – ter Stegen, Pike, Alba, Serdji Roberto, Langle, Artur (Vidal, 67), Buskets, Rafinya (Dembele, 52), Rakitich, Koutino (Munir, 67), Suares.
Ogohlantirishlar: Amat (6), Langle (17), de Tomas (49), Alba (70), Garsiya (89), Velaskes (90).

Valensiya – Jirona 0:1
Gol:
0:1 – 48 Pons.

Valensiya – Neto, Gabriel, Garay, Gayya, Soler (Batshuayi, 73), Koklen (Gameyro, 84), Kondogbia, Vass (Ferran Torres, 85), Gedesh, Santi Mina, Rodrigo.
Jirona – Bunu, Espinosa, Munesa, Planas, Ramalo, Aleish Garsiya, Porro, Roberts (Granel, 78), Pons, Garsiya (Soni, 85), Dumbiya (Alkala, 60).
Ogohlantirishlar: Gayya (28), Dumbiya (30), Koklen (36), Munesa (39), Planas (40), Bunu (59), Gabriel (77), Kondogbia (79).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.