Mirjalol Qosimov Yangi yil arafasida jurnalistlar bilan uchrashadi

Mirjalol Qosimov Yangi yil arafasida jurnalistlar bilan uchrashadi
Mirjalol Qosimov Yangi yil arafasida jurnalistlar bilan uchrashadi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Osiyo Kubogi-2015 final bosqichiga jo‘nab ketish arafasida matbuot anjumanida OAV xodimlari savollariga javob beradi, deb yozadi kun.uz.

O‘zbekiston Futbol Federasiyasi matbuot xizmatiga xabariga ko‘ra, milliy terma jamoa bosh murabbiyi ishtirokidagi matbuot anjumani 30 dekabr, seshanba kuni O‘FF anjumanlar zalida soat 12:30da boshlanadi.

“Mirjalol Qosimov ishtirokidagi matbuot anjumani O‘zbekiston uchun 10 yanvar kuni Avstraliyada start oladigan Osiyo Kubogiga tayyorgarlik jarayoni va terma jamoaning mazkur bahslardagi ishtiroki haqida bo‘ladi”, – deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Osiyo Kubogi bahslari 9 yanvar kuni start oladi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi esa musobaqaning “B” guruhida Saudiya Arabistoni, Xitoy va KXDR terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Mirjalol Qosimov jamoasi turnirdagi ilk o‘yinini 10 yanvar kuni KXDR terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.