Maradona dunyoning yaxshi murabbiyi kimligini aytdi

Maradona dunyoning yaxshi murabbiyi kimligini aytdi
Argentina terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Diyego Maradona Joze Mourinyuni dunyoning eng yaxshi murabbiyi deb hisoblashini aytib o‘tdi.

«Mourinyu, shak-shubhasiz dunyoning eng yaxshi murabbiyi. Mening qarashlarim shunday. Gvardiolani ham alohida ta’kidlash mumkin, u Yoxan Kroyffdan ko‘p narsalarni o‘rgandi.

Men ko‘p ta’kidlaganman, tiki-takani Pep yaratmagan, bu Kroyffga tegishli. Hozir Gvardiola dunyodagi istalgan o‘yinchini tanlashi mumkin, chunki tiki-takada o‘ynash oson», – deydi Maradona.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.