«Inter» va «Milan» SSKA futbolchisi bilan qiziqmoqda

«Inter» va «Milan» SSKA futbolchisi bilan qiziqmoqda
Moskvaning SSKA klubida to‘p surayotgan va transfer huquqi «Everton»ga tegishli bo‘lgan yarim himoyachi Nikola Vlashich o‘z faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Calciomercato nashrining xabar qilishicha, 21 yoshli futbolchiga «Inter» va «Milan» klublaridan qiziqish bor.

Ikki klub ham uni qishki transfer mavsumida qo‘lga kiritishni xohlamoqda. Yanvarda futbolchining rus klubi bilan ijara shartnomasi tugaydi.

Manba: www.interfutbol.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.