AGMK o‘zida «Qizilqum»ni yirik hisobda mag‘lub etdi

AGMK o‘zida «Qizilqum»ni yirik hisobda mag‘lub etdi
Superliganing 31-turida AGMK klubi o‘z maydonida «Qizilqum» futbolchilarini qabul qildi va 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yin maydon egalarining hujumlari bilan boshlandi. Ilk gol birinchi bo‘limning hakam tarafidan qo‘shib berilgan vaqtda penaltidan kiritildi.

Jokich 11-metrlik nuqtadan adashmadi. Ikkinchi bo‘limda ham AGMK shiddatli hujumlarini davom ettirib hisobni oshirishga erishdi. Zahiradan maydonga tushgan Shoxnazar Norbekov 73-daqiqada o‘z hisobiga gol yozib qo‘ydi.

Jokich o‘yinning oxirlarida dubl qayd etib hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. Shu tariqa AGMK 10-pog‘onani, «Qizilqum» 8-o‘rinni egallab chempionatni yakunladi

Superliga, 31-tur

AGMK – “Qizilqum” 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar:
1:0 – 45 penalti, Jokich, 2:0 – 73 Norbekov 3:0 – 87 Jokich.
AGMK: Xodjayev, Xojiakbarov, Isroilov, Polvonov (Haydar G‘ulomov, 84), Hasanov, To‘rayev, Pirimov (Hasanov, 80), Bubanya, Kasminin, Jokich, Qilichev (Norbekov, 73).
\"Qizilqum\": Cheremisin, Boydullayev (Qosimov, 78), Kvesiyeshvili, Rustamov, Sanoyev (Abdualimov, 82), Gevorkyan, Ubaydullayev, Jo‘rayev, Boymatov, Yovanovich (Usmonov, 52), Mustafoyev.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.