Taekvondochilarimiz Jahon Kubogida 45 medal bilan 2-o‘rinni egallashdi

Taekvondochilarimiz Jahon Kubogida 45 medal bilan 2-o‘rinni egallashdi
Joriy yilning 29 noyabr 3 dekabr kunlari Belorussiya poytaxti Minsk shahrida taekvondo ITF​ sport turi bo‘yicha yoshlar, kadetlar va kattalar o‘rtasida Jahon Kubogida musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

Dunyoning 18 davlatdan 1975 nafar sportchi ishtirok etgan ushbu musobaqada yurtimiz sharafini O‘zbekiston Taekvondo ITF​ Assotsiatsiya rahbari Laziz Hasanov boshchiligida 53 nafar sportchimiz himoya qilishdi. O‘zbekistonlik sportchilar musobaqada 18 ta oltin, 9 ta kumush va 18 ta bronza medalni ko‘lga kiritib umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egallashdi.

Sportchilarimiz bugun yurtimizga qaytib keladilar. Terma jamoamiz soat 20:00da, Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olinadilar.

Ma’lumot uchun, 8-9 dekabr kunlari poytaxtimizda taekvondo ITF​ sport turi bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi musobaqalari bo‘lib o‘tadi, tadbirda Xalqaro Taekvondo ITF​ prezidenti, IMGS Butun jahon yakka kurash va jang san’ati prezidenti ishtirok etishi kutilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.