La Liga. «Atletiko» g‘alaba qozonib, «Barselona»ga yetib oldi

La Liga. «Atletiko» g‘alaba qozonib, «Barselona»ga yetib oldi
Ispaniya chempionati 15-turidan o‘rin olgan bir o‘yin yakunlandi.

«Atletiko» o‘z maydonida «Alaves»ni qabul qilib, 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Gollar Kalinich, Grizmann va Rodrigo hisobiga yozildi.

Bu natijadan so‘ng, «Atletiko» 28 ochko jamg‘arib, peshqadam «Barselona»ga yetib oldi, «Alaves» esa 24 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda.

La Liga, 15-tur

Atletiko – Alaves 3:0
Gollar:
1:0 – 25 Kalinich, 2:0 – 82 Grizmann, 3:0 – 87 Rodri Ernandes.

Atletiko – Oblak, Lyuka Ernandes (Ximenes, 36), Savich, Aryas, Rodri Ernandes, Saul, Lemar (Montero, 64), Parti, Korrea, Grizmann, Kalinich (Vitolo, 56).
Alaves – Pacheko, Ximo Navarro, Duarte, Agirregabiria (Sobrino, 81), Laguardia, Vakaso (Baston, 46), Pina, Ibai Gomes (Burgi, 72), Manu Garsiya, Xoni Rodriges, Kaleri.
Ogohlantirishlar: Kalinich (5), Kaleri (15), Pina (16), Korrea (22), Ximo Navarro (37), Aryas (58), Parti (79).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.