Chempionlar ligasi 1/8 finaliga qur’a tashlandi

Chempionlar ligasi 1/8 finaliga qur’a tashlandi
Ayni damda Shveysariyaning Non shahridagi UYeFA shtab-kvartirasida Chempionlar ligasining 2018/19 yilgi mavsum nimchorak final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

Xabaringiz bor o‘tgan haftada musobaqaning guruh bosqichiga yakun yasalgan edi. Unga ko‘ra esa quyidagi jamoalar pley-off bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi:

Guruh g‘oliblari: «Bavariya» (Germaniya), «Barselona» (Ispaniya), «Borussiya» Dortmund (Germaniya), «Manchester Siti» (Angliya), «Portu» (Portugaliya), PSJ (Fransiya), «Real» (Ispaniya), «Yuventus» (Italiya).

Ikkinchi o‘rin sohiblari: «Atletiko» (Ispaniya), «Ayaks» (Gollandiya), «Liverpul» (Angliya), «Lion» (Fransiya), «Manchester Yunayted» (Angliya), «Roma» (Italiya), «Tottenxem» (Angliya), «Shalke» (Germaniya).

Quyida ushbu bosqichda raqib bo‘lgan juftliklar bilan tanishib olishingiz mumkin:

\"Shalke\" (Germaniya) - \"Manchester Siti\" (Angliya)

\"Atletiko\" (Ispaniya) - \"Yuventus\" (Italiya)

\"Manchester Yunayted\" (Angliya) - PSJ (Fransiya)

\"Tottenxem\" (Angliya) - \"Borussiya D\" (Germaniya)

\"Lion\" (Fransiya) - \"Barselona\" (Ispaniya)

\"Roma\" (Italiya) - \"Portu\" (Portugaliya)

\"Ayaks\" (Gollandiya) - \"Real\" (Ispaniya)

\"Liverpul\" (Angliya) - \"Bavariya\" (Germaniya)

Eslatib o‘tamiz, ushbu bosqichning dastlabki uchrashuvlari 2019 yil 12-13 va 19-20 fevral kunlari, javob bahslari esa 5-6 hamda 12-13 mart kunlari bo‘lib o‘tadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.