Rayevats: «Lokomotiv» - men qarshi o‘ynagan O‘zbekistonning eng kuchli jamoasi»

Rayevats: «Lokomotiv» - men qarshi o‘ynagan O‘zbekistonning eng kuchli jamoasi»
«Lokomotiv»ning yangi futbolchisi Filipp Rayevats o‘zining transferi borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- «Lokomotiv» vakillari menga uchinchi marta taklif bilan chiqishdi. O‘tgan yili qishda ham menga ushbu klub taklif bilan chiqqandi. Biroq men «Bunyodkor» bilan shartnoma imzolagandim. Yozdayoq «Lokomotiv»ga o‘tmoqchi edim. Biroq bu amalga oshmadi. Shukurki, endi klub bilan kelishdim.

Keyingi yili «Lokomotiv» tarkibida o‘ynashdan xursandman. Ushbu jamoa bilan Osiyo chempionlar ligasida o‘ynash istagim juda kuchli. Jamoaning mamlakat chempionligini himoya qilishida va Osiyo chempionlar ligasida guruhdan chiqishiga yordam berishga harakat qilaman.

Jamoaning taktik jihatdan tartibli o‘yin ko‘rsatishi menga ma’qul kelmoqda. Ayniqsa, Marat Bikmayev va Ikrom Aliboyevlarning o‘yinlari menga yoqadi. Marat Bikmayev so‘nggi ikki-uch mavsumda ko‘plab gollar urib, o‘yin taqdirini hal qildi.

Undan tashqari himoyachi Anzur Ismoilovni qattiq hurmat qilaman. Aynan ular o‘z pozitsiyalarida «Lokomotiv»ning yakunlangan mavsumdagi eng yaxshi futbolchilari bo‘lishdi deb hisoblayman.

Ikki jamoa tarkibida «Lokomotiv»ga qarshi o‘yinlarda qatnashdim. Ayta olamanki, «Lokomotiv» - men qarshi o‘ynagan O‘zbekistonning eng kuchli jamoasi.

Manba: www.lokomotiv.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.