"Lokomotiv" Javohir Sidiqovga qiziqmoqda

"Lokomotiv" Javohir Sidiqovga qiziqmoqda
Klublarimiz allaqachon tarkibni shakllantirish ishlarini boshlab yuborishgan. Mamlakatimizning amaldagi chempioni \"Lokomotiv\" 19 dekabr kuni biryo‘la uchta transferni e’lon qilgan edi.

Ayni paytda \"temiryo‘lchilar\" \"Qo‘qon-1912\" jamoasi yarim himoyachisi Javohir Sidiqovga ham qiziqish bildirishmoqda. \"Lokomotiv\" qo‘qonliklar yoqimtoyini jamoadan ketgan futbolchilar o‘rnini to‘ldirish maqsadida jalb qilmoqchi. Bundan tashqari, chempionlar \"Paxtakor\"ni tark etgan Jamshid Iskanderovga ham qiziqishmoqda. Katta ehtimol bilan toshkentliklar yuqoridagi ikki markaziy yarim himoyachining hech bo‘lmaganda biri bilan shartnoma imzolashadi.

Manba: championat.asia
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.