Oston O‘runov "Navbahor" klubini tark etdi (foto)

Oston O‘runov "Navbahor" klubini tark etdi (foto)
Namanganning \"Navbahor\" klubi a’zosi Oston O‘runov jamoani tark etdi. Bu haqda futbolchining o‘zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilgan.

Instagram sahifasida O‘runov shunday deydi: \"Birinchi shu jamoaga kelganimda meni hech kim tanimasdi. Hozirgi kunga yetib kelishimda mana shu akalarimning juda katta o‘rni bor. Hammalariga rahmat, bir yarim yil sizlar bilan birga o‘ynaganimdan xursandman. Bunday ahil jamoani boshqa ko‘rmasam kerak. Xudo xohlasa yana birga bo‘lish nasib qilsin. Albatta, muxlislarni ham o‘rni katta, shuncha qo‘llab-quvvatladinglar, borilarga shukr\".
Oston O‘runov "Navbahor" klubini tark etdi (foto)
Saytimizda bir necha kun oldin Oston O‘runov \"Krasnodar\" klubi qiziqishlari doirasiga kirib qolgani borasida ma’lum qilgan edik. Ayni paytda tomonlar muzokaralar olib borishmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.