Osiyo kubogi – 2019. Musobaqaning eng yosh futbolchisi kim?

Osiyo kubogi – 2019. Musobaqaning eng yosh futbolchisi kim?
Xabaringiz bor, 2019 yilning 5 yanvaridan 1 fevraliga qadar BAAda Osiyo kubogi uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Qit’amizning eng kuchli 24 terma jamoasi mazkur musobaqa oldidan rasmiy qaydnomalarni taqdim etdi.

Unga ko‘ra, ushbu turnir uchun ro‘yxatdan o‘tkazilgan 552 futbolchi orasida eng yoshi iroqlik Mohanad Alidir. Iqtidorli futbolchi hozirda 18 yoshda va Osiyo kubogining ilk turi doirasida Vetnamga qarshi kechadigan uchrashuv kuni u 18 yosh 202 kunlik bo‘ladi. U Iroqning \"Al-Shorta\" jamoasi sharafini himoya qiladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi safidagi eng yosh futbolchi \"Qo‘qon-1912\" yarim himoyachisi Javohir Siddiqovdir. Yosh va yuksak iqtidor egasi 1996 yilning 8 dekabrida tavallud topgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.