OK-2019dagi raqibimiz Ummon termasi Avstraliyadan qaqshatqich mag‘lubiyatga uchradi

OK-2019dagi raqibimiz Ummon termasi Avstraliyadan qaqshatqich mag‘lubiyatga uchradi
Osiyo kubogi musobaqasi oldidan bir qator terma jamoalar o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushishmoqda. Ularning birida guruh bosqichidagi raqibimiz Ummon termasi Avstraliya bilan bahs yuritdi.

Bu bahsda “yashil Qit’a” vakillari ummonliklar darvozasini javobsiz besh bor o‘qqa tutishdi. Avstraliyaliklarning gollariga Endryu Nabbut, Kris Oikonomidis, Aver Mabil, Milosh Degenek va Jekson Irvinlar mualliflik qilishdi.

Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogi - 2019 musobaqasida Ummon, Turkmaniston va Yaponiya bilan bir guruhdan joy olgan.

O‘rtoqlik o‘yini

Ummon – Avstraliya 0:5 (0:3, 0:2)
Gollar:
0:1 – 10, Nabbut, 0:2 – 14 Oikonomidis, 0:3 – 25 Mabil, 0:4 – 59 Degenek, 0:5 – 89 Irvin.

Manba: www.uff.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.