Xavi: Oʻzbekiston 1/8 finalda Avstraliyaga yutqazadi, Qatar chempion boʻladi

Xavi: Oʻzbekiston 1/8 finalda Avstraliyaga yutqazadi, Qatar chempion boʻladi
“Al Sadd” klubi aʼzosi Xavi Ernandes Osiyo Kubogi oldidan oʻz taxminlarini bildirdi.

Ispaniyalik futbolchi Oʻzbekiston terma jamoasi oʻz guruhida 2-oʻrinni egallashini taxmin qildi. Uning taxminiga koʻra Avstraliya ham oʻz guruhida Suriyadan keyin 2-oʻrinni egallaydi va Oʻzbekiston bilan 1/8 finalda toʻqnash keladi.

Bu oʻyinda Avstraliya gʻalaba qozonadi deb hisoblamoqda Xavi. Uning taxminiga koʻra finalga Yaponiya va Qatar yetib boradi. Hal qiluvchi bahsda Qatar gʻolib boʻladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.