Osiyo Kubogida kim chempion bo‘lishi bashorat qilindi (foto)

Osiyo Kubogida kim chempion bo‘lishi bashorat qilindi (foto)
Ertaga bo‘lib o‘tadigan BAA – Bahrayn uchrashuvi bilan Osiyo Kubogi bahslariga start beriladi. Musobaqadan oldin weglobalfootball.com sayti kim chempion bo‘lishini bashorat qildi. Sayt versiyasiga ko‘ra, ushbu musobaqada chempionlikka acosiy da’vogar Avstraliya terma jamoasi bo‘ladi. Weglobalfootball.com Avstraliyaning imkoniyatlarini 24,1 foizga baholadi.

Bu borada keyingi o‘rinlarni Eron, Janubiy Koreya, Yaponiya, Saudiya Arabistoni kabi termalar egallab turibdi. O‘zbekiston terma jamoasining chempion bo‘lish imkoniyati 1,4 foizga taxmin qilingan. To‘rtta davlat – KXDR, Filippin, Yaman va Turkmaniston esa umuman ovoz yig‘madi. Ushbu sayt versiyasiga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi guruhdan ikkinchi o‘rinni egallab keyingi bosqichga yo‘l oladi.
Osiyo Kubogida kim chempion bo‘lishi bashorat qilindi (foto)
Osiyo Kubogida kim chempion bo‘lishi bashorat qilindi (foto)

Manba:championat.asia
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.