Bugun Osiyo Kubogi musobaqasiga start beriladi

Bugun, 5 yanvar kuni Birlashgan Arab Amirliklarida 17-Osiyo Kubogi musobaqasiga start beriladi. Musobaqadan o‘rin olgan uchrashuvlar 4 ta shaharda: Abu Dabi, Dubay, Sharja va Al-Ayn shaharlarida bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda O‘FA matbuot xizmati.
Tarixda birinchi marta turnirda 24 ta terma jamoa ishtirok etadi.
Bugun Abu-Dabi shahridagi \"Zayd Sport Siti\" o‘yingohida musobaqaning ochilish uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda mezbon BAA terma jamoasi Bahraynga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston musobaqadan o‘rin olgan dastlabki uchrashuvni 9 yanvar kuni Sharja shahrida Ummon terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Tarixda birinchi marta turnirda 24 ta terma jamoa ishtirok etadi.
Bugun Abu-Dabi shahridagi \"Zayd Sport Siti\" o‘yingohida musobaqaning ochilish uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda mezbon BAA terma jamoasi Bahraynga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston musobaqadan o‘rin olgan dastlabki uchrashuvni 9 yanvar kuni Sharja shahrida Ummon terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













