Odil Ahmedov: "Katta ishtiyoq evaziga Avstraliya to‘sig‘idan o‘ta olamiz"

Odil Ahmedov: "Katta ishtiyoq evaziga Avstraliya to‘sig‘idan o‘ta olamiz"
O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov Avstraliyaga qarshi o‘yin oldidan O‘FA Matbuot xizmatiga o‘z fikrlarini bildib o‘tdi.

\"Yaponiyaga qarshi terma jamoamiz yaxshi o‘ynadi. Ammo mag‘lubiyatga uchrash hamisha yoqimsiz. Futbolda g‘alaba bilan mag‘lubiyat yonma-yon yuradi. Terma jamoada ichki muhit a’lo darajada, barcha keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Oldinga qarab intilish kerakligini barcha yaxshi tushunib turibdi. 21 yanvar kuni bizni juda muhim o‘yin kutib turibdi, bu uchrashuvda faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz, boshqa yo‘l yo‘q.

Osiyo Kubogining amaldagi sohibini taslim etish oson emas, albatta. Avstraliya kuchli terma jamoa. Ammo katta ishtiyoq evaziga Avstraliya to‘sig‘idan o‘ta olamiz, deb o‘ylayman. Ortimizda butun O‘zbekiston qo‘llab-quvvatlab turganini his qilmoqdamiz. Bu bizga juda katta kuch bermoqda. Ilojsiz narsaning o‘zi yo‘q!\", - dedi Odil Ahmedov.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.