«PSJ» o‘zida «Gengam» darvozasiga javobsiz 9 ta gol urdi

«PSJ» o‘zida «Gengam» darvozasiga javobsiz 9 ta gol urdi
Fransiya chempionatining 21-turidan o‘rin olgan «PSJ» – «Gengam» uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. «Park de Prens»da kechgan bahsda parijliklar yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Uchrashuvda Kilian Mbappe va Edinson Kavani xet-trik qayd etgan bo‘lsalar, yana bir hujumchi Neymar dublni rasmiylashtirdi. O‘yinga nuqta qo‘ygan golga Toma Mene muallif bo‘ldi.
Shu tariqa, Parij klubi ochkolarin 53 taga yetkazib olgan holda chempionatda karvonboshilikni davom ettirmoqda.

Liga 1, 21-tur
PSJ – Gengam 9:0 (3:0, 6:0)
Gollar:
1:0 – 11 Neymar, 2:0 – 37 Mbappe, 3:0 – 45 Mbappe, 4:0 – 59 Kavani, 5:0 – 66 Kavani, 6:0 – 68 Neymar, 7:0 – 75 Kavani, 8:0 – 80 Mbappe, 9:0 – 83 Mene.
PSJ – Buffon, Markinos, Tiago Silva (Mene, 76), Bernat (Kurzava, 67), Dani Alves, Di Mariya, Verratti (Draksler, 19), Kerer, Neymar, Mbappe, Kavani.
Gengam – Keyyar, Kerbra, Reboshu, Ikoko, Eboa-Eboa, Do (Blas, 56), Firi, Dido, Ngbakoto (Djilobodji, 73), Tyuram, Mendi (Rodelen, 57).
Ogohlantirishlar: Kurzava (89).

Manba: www.uff.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.