Ignatiy Nesterovning qadami qutlug‘ keldi

Ignatiy Nesterovning qadami qutlug‘ keldi
Saudiya Arabistoni chempionatining 18-turida \"Uhud\" va \"Al-Ittifoq\" jamoalari bellashishdi.
Mazkur bahsda Ignatiy Nesterov o‘zining debyut uchrashuvini o‘tkazdi. Birinchi bo‘limda Muhammad Fuzayir va Karl Mejani o‘z hisoblariga gol yozdirib qo‘yishdi va natijada \"Uhud\" klubi 2:0 hisobidagi ustunlik bilan tanaffusga yo‘l oldi. Ahmad Akeshi 51-daqiqada Nesterov darvozasiga yo‘l topa oldi - 2:1. Ushbu natija o‘yin tugaguniga qadar o‘zgarmadi.

Musobaqada \"Al-Ittifoq\" 7-o‘rinda, \"Uhud\" klubi esa oxirgi 16-pog‘onada bormoqda.
P.S. Uchrashuvning 35-daqiqasida \"Uhud\" futbolchisi Muhammad Yahyo qizil kartochka sabab maydonni erta tark etdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.