Sardor Rashidov Portugaliya chempionatidagi debyut golini urdi (video)

Sardor Rashidov Portugaliya chempionatidagi debyut golini urdi (video)
Ayni damda Portugaliya Primeyrasining 22-turida hamyurtimiz Sardor Rashidov toʻp suradigan “Nasonal” oʻz maydonida musobaqa autsayderi hisoblangan “Feyrensi” klubini qabul qilmoqda.

Eʼtiborlisi, uchrashuvning 12-daqiqasiga kelib oʻzbekistonlik futbolchi gol urib jamoasini oldinga olib chiqdi. Qayd etish lozimki bu Rashidovning “Nasonal” safidagi debyut goli boʻldi.

Maʼlumot uchun, “Nasonal” ayni damda musobaqa jadvalida 20 ochko bilan 16-oʻrinni egallab turibdi. Hisobida 14 ochko boʻlgan “Feyrensi” esa soʻnggi 18-pogʻonadan joy olgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.