Sardor Rashidov Portugaliyada ilk shaxsiy sovrinini qo‘lga kiritdi

Sardor Rashidov Portugaliyada ilk shaxsiy sovrinini qo‘lga kiritdi
Portugaliyaning «Nasonal» klubi yarimhimoyachisi Sardor Rashidov mamlakat chempionatining 22-turidan o‘rin olgan «Feyrensi» (4:0) klubiga qarshi o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
27 yoshli o‘zbekistonlik bahsning 12, 24 va 67-daqiqalarida raqib darvozasini ishg‘ol etib het-trikka erishdi.

Qayd qilish joizki, Sardor gollarni o‘ng va chap oyog‘i, shuningdek boshi bilan urib, ideal xet-trikni qayd qildi.
O‘yindan so‘ng Rashidovga eng yaxshi futbolchiga atalgan sovrin topshirildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.