Shohjahon Ergashevning navbatdagi jangi vaqti ma’lum bo‘ldi

Shohjahon Ergashevning navbatdagi jangi vaqti ma’lum bo‘ldi
Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik bokschi Shohjahon Ergashevning (16-0, 14 KO) navbatdagi jangi muddati aniq bo‘ldi. Bu haqda «GoSport.uz» xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Ergashev o‘zining 17-jangini joriy yilning 13 aprel kuni o‘tkazadi. Bellashuv Nyu-Jersi shtatining Atlantik Siti shahrida joylashgan «Boardwalk Hall» arenasida bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.

Hozircha Ergashevning raqibi kim bo‘lishi ma’lum emas. Sportchi tez orada bu borada ham ma’lumot berishini ma’lum qilgan. Jang 10 raundga mo‘ljallangan bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Shohjahon Ergashev so‘nggi marta 15 fevral kuni amerikalik Maykal Foksga (19-1, 5KO) qarshi ringga chiqqan va ochkolar bo‘yicha g‘alaba qozongandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.