Marselo "Real" rahbariyatiga qanday shart qo‘ydi?

Marselo "Real" rahbariyatiga qanday shart qo‘ydi?
Madridning \"Real\" klubi himoyachisi Marselo jamoa rahbariyatiga shart qo‘ydi. Bu haqda Cope.es nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra 30 yoshli braziliyalik futbolchi o‘zining jamoadagi kelajagini muhokama qilish uchun “qirollik klubi” boshqaruv direktori Xose Anxel Sanches bilan uchrashgan. Ushbu suhbat davomida Marselo o‘zining jamoadagi holatidan norozi bo‘layotganini bildirgan. Shu bois agar vaziyat mavsum yakunigacha o‘zgarmasa, u yozda jamoadan ketishini aytgan.

Ma’lumot uchun, Marselo “Real” sharafini 2007 yildan buyon himoya qilib kelmoqda. U joriy mavsum 24 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 3 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Marseloga “Yuventus”dan jiddiy qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.