Marselo “Yuventus” bilan kelishuvga erishdi

Marselo “Yuventus” bilan kelishuvga erishdi
“Real” himoyachisi Marselo “Yuventus” bilan shartnoma borasida kelishuvga erishdi.

Maʼlumotlarga koʻra, futbolchi yangi klubida har mavsum 12 mln. yevro ishlab topadi.

Oldinroq, “Yuventus” hujumchisi, Marseloning sobiq jamoadoshi Krishtianu Ronaldu braziliyalikni Turin klubida koʻrmoqchi ekanligi eʼlon qilingan edi. Eslatib oʻtamiz, himoyachining Madrid klubi bilan shartnomasi 2022 yilning 30 iyunida yakuniga yetadi.

Marselo joriy mavsum LaLiganing 13ta uchrashuvida maydonga tushdi va 2ta gol urishga muvaffaq boʻldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.