Mourinyu: “Mbappe - dunyoning eng qimmat futbolchisi”

Mourinyu: “Mbappe - dunyoning eng qimmat futbolchisi”
“Manchester Yunayted” sobiq ustozi Joze Mourinyu PSJ forvardi Kilian Mbappeni dunyoning eng qimmat futbolchisi deb atadi.
\"U besh yoki oʻn yildan soʻng kim boʻlishini aytish muhim emas. Qarang, hozir u juda kuchli.

Agar iqtisodiy jihatdan qaraydigan boʻlsak, yosh muhim, bu borada Mbappe - ayni damda dunyoning eng qimmat futbolchisi. Agar uni biror klub sotib olsa, bu jahonning eng yirik transferi boʻladi\" - deydi portugaliyalik mutaxassis.

Joriy mavsum Mbappe Liga 1ning 23 ta oʻyinida 26 ta gol urib, 10 ta golli pas berdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.