Otabek Shukurovga jarohat yetkazgan futbolchi klubi tomonidan jazolandi

Otabek Shukurovga jarohat yetkazgan futbolchi klubi tomonidan jazolandi
Xitoy terma jamoasi va “Guanjou Evergrand” yarim himoyachisi Vei Shixao klubi tomonidan jazolandi.

Xitoylik futbolchi Oʻzbekiston terma jamoasiga qarshi China Cup-2019 turnirining 3-oʻrin uchun bahsida yarim himoyachi Otabek Shukurovga jiddiy jarohat yetkazgan edi.
Otabek Shukurovga jarohat yetkazgan futbolchi klubi tomonidan jazolandi

Vei Shixaoning transfer huquqiga egalik qiluvchi “Guanjou Evergrand” futbolchini Oʻzbekistonga qarshi bahsdagi ishi uchun jazolashga qaror qildi. 23 yoshli yarim himoyachi bir oy davomida “Guanjou” uchrashuvlarida maydonga tusha olmaydi. Bundan tashqari, klub futbolchining harakatini toʻliq oʻrganib chiqadi va uni bir umrga klubdan chetlatishi ham mumkin.

Xitoy - Oʻzbekiston uchrashuvidan (0:1) soʻng futbolchi Otabek Shukurovni koʻrgani kelgan va hamyurtimizdan kechirim soʻragan edi. Ammo klub Vei Shixao kechirim soʻrash kam deb hisobladi va unga jiddiy jazo berishga qaror qildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.