Ro‘ziqul Berdiyev: "Biz mag‘lub bo‘lishga loyiq emasdik" (video)

Ro‘ziqul Berdiyev: "Biz mag‘lub bo‘lishga loyiq emasdik" (video)
Superliganing 3-turidagi «Paxtakor» – «Nasaf» uchrashuvidan so‘ng qarshiliklarning bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Bugun grand jamoaga qarshi maydonga chiqdik. Hakamlarning harakati bugungi o‘yinga mos kelmadi. Ko‘rsatgan ajoyib o‘yinlari uchun o‘z shogirdlarimga minnatdorchilik bildiraman. Birinchi bo‘limda o‘yinimiz unchalik qovushmagandir, lekin ikkinchi bo‘limda ishonchli harakat qildik.

Hisob 1:1 ko‘rinishga kelgandan keyin ham bizda yaxshi imkoniyatlar bo‘lgandi. Yaratilgan vaziyatlardan to‘g‘ri foydalanganimizda hozir vaziyat boshqacha bo‘lar edi, - dedi Ro‘ziqul Berdiyev.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.