Kichik Krishtianu Ronaldu septa-trik muallifi bo‘ldi

Kichik Krishtianu Ronaldu septa-trik muallifi bo‘ldi
«Yuventus» U19 jamoasi a’zosi kichik Krishtianu Ronaldu Medeyradagi xalqaro turnirda yuqori mahsuldorlik namoyish etmoqda.

«Byankoneri» yoshlari musobaqadagi ilk o‘yinda «Maritimu Xitoy» jamoasini 25:0 hisobida yengishdi, gollardan 7tasiga tanaffusga qadar Ronalduning o‘g‘li mualliflik qildi. Jamoa ikkinchi bahsda «Kamachi» bilan kuch sinashib, 15:1 hisobida g‘alaba qozondi, kichik Krishtianu bu safar 5 marta darvozani aniq nishonga oldi.

AS`ning qayd etishicha, 7-raqam egasi gollarini otasiga taqlid qilgan holda nishonlangan. O‘yindan keyin bolalar 33 yoshli portugaliyalik futbolchining shaxsiy buyumlari saqlanadigan muzeyga borishgan.

Eslatib o‘tamiz, 8 yoshli kichik Krishtianu Ronaldu Turinga otasi bilan 2018 yil yozida ko‘chib kelib, «Yuventus» akademiyasiga qabul qilingandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.