Otabek Shukurov jarrohlik amaliyotidan so‘ng murojaat yo‘lladi

Otabek Shukurov jarrohlik amaliyotidan so‘ng murojaat yo‘lladi
O‘zbekiston milliy jamoasi va «Sharja» klubi yarimhimoyachisi Otabek Shukurov Londonda o‘ng oyog‘i boldiridan muvaffaqiyatli operatsiya qilindi. Bugun, 17 aprel kuni BAA klubi rasmiy tvitteriga uning jarrohlik amaliyotidan keyingi videomurojaati joylashtirildi.

«Operatsiyadan chiqdim, men bilan hammasi joyida. Ahvolim yaxshi. Inshaalloh, tez orada kuchli bo‘lib qaytaman.
Bugun «Al-Ayn»ga qarshi o‘yin. Hamma futbolchilarga omad. Inshaalloh, bugun g‘alaba qozonamiz», – degan Shukurov ingliz tilida.

BAA chempionatining 21-turi doirasidagi «Al-Ayn»ga qarshi o‘yin bugun Toshkent vaqti bilan soat 21:30da boshlanadi. 20-turdan keyin sharjaliklar eng yaqin ta’qibchisidan 9 ochkoga o‘zib ketgan holda peshqadamlik qilmoqda. Al-Ayn amirligi jamoasi esa to‘rtinchi o‘rinda boryapti.

Otabek o‘tgan turdagi «Baniyas»ga qarshi safardagi o‘yinni (2:1) bevosita stadiondan tomosha qilgan.
Otabek Shukurov jarrohlik amaliyotidan so‘ng murojaat yo‘lladi
Foto: twitter.com/kinguaeae
Eslatib o‘tamiz, Shukurov mart oyidagi FIFA kunlarida Xitoyda bo‘lib o‘tgan «China Cup» turniri doirasida mezbonlarga qarshi o‘yinda shikastlanib, taxminan 2 oyga safdan chiqqandi.

Manba: Tribuna.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.