Messi YChLda hafta futbolchisi deb topildi

Messi YChLda hafta futbolchisi deb topildi
Kataloniyaning \"Barselona\" klubi hujumchisi Lionel Messi Chempionlar ligasining joriy haftadagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda UEFA rasmiy sayti xabar bermoqda.

Ta’kidlash kerakki, 31 yoshli argentinalik futbolchi muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra \"Ayaks\" himoyachisi Matteys de Ligt, \"Tottenxem\" hujumchisi Son Xin Min va \"Liverpul\" hujumchisi Roberto Firminolarni ortda qoldirdi.

Eslatib o‘tamiz, Messi joriy hafta “Manchester Yunayted”ga qarshi qarshi bo‘lib o‘tgan YChL 1/4 final javob bahsida dubl qayd etib jamoasining yirik hisobdagi g‘alabasini ta’minlagan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.