Stiven Jerrard 30dan ortiq 11 metrlik jarima to‘pini aniq amalga oshirgan uchinchi o‘yinchiga aylandi


Stiven Jerrard 30 dan ortiq 11 metrlik jarima to‘pini aniq amalga oshirgan uchinchi o‘yinchi bo‘ldi, deb kun.uz.
“Liverpul” jamoasi sardori Stiven Jerrard «Lester Siti» bilan bo‘lib o‘tgan o‘yinning 17 daqiqasida raqib darvozasiga 11 metrlik jarima zarbasidan gol kiritdi.
Bu uning premer-ligada 11 metrlik jarimadan kiritgan 30 goli bo‘ldi. Bu borada Stiv Jidan yaxshiroq natijani faqat Frenk Lempard (43) va Alan Shirer (56) qayd etgan.
Qolaversa, ushbu o‘yinning birinchi taymi oxirida “Liverpul” sardori yana bir 11 metrlik jarima zarbasini muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirdi hamda o‘z natijasini 31 talik ko‘rsatkichga yaxshilab qo‘ydi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













