"Barselona" 26 karra Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi!

"Barselona" 26 karra Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi!
LaLiganing 35-turida «Barselona» klubi «Kamp Nou»da «Levante»ni qabul qildi.
Uchrashuvning ikkinchi bo‘limida Koutinoning o‘rniga maydonga tushgan klub sardori Lionel Messi 62-daqiqada gol urib, kataloniyaliklarga g‘alaba bilan birgalikda Ispaniya chempionligini olib keldi. «Barselona» ushbu sovrinni 26-marotaba qo‘lga kiritdi.

Barselona – Levante 1:0
Gol:
1:0 – 62 Messi.
Barselona – ter Shtegen, Pike, Langle, Nelson Semedu, Alba, Artur (Buskets, 73), Rakitich, Koutino (Messi, 46), Vidal, Dembele (Serdji Roberto, 84), Suares.
Levante – Fernandes, Ruben Vezu, Rober, Luna, Koke, Rochina (Marti, 84), Kampanya, Djeyson, Vukchevich (Bardi, 65), Saymon (Morales, 46), Mayoral.
Ogohlantirishlar: Rakitich (14), Rochina (56), Ruben Vezu (58), Pike (70), Nelson Semedu (77), Koke (83), Buskets (90).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.