"Yuventus" bugun Allegrini iste’foga chiqarishi mumkin

"Yuventus" bugun Allegrini iste’foga chiqarishi mumkin
Turinning \"Yuventus\" klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri bugun, ya’ni 9 may kuni iste’foga chiqarilishi mumkin. Bu haqda Sport Mediaset muxbiri Bruno Longi xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra Allegri va rahbariyat o‘rtasida yozgi transferlar davrida jamoani shakllantirish masalasida chuqur qarama-qarshiliklar paydo bo‘lgan. Aynan shu sabab tomonlar 2021 yilga qadar tuzilgan o‘zaro shartnomani bekor qilishlari kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Allegri “Yuventus”ni 2014 yildan buyon boshqarib kelmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.