Argentinalik sobiq darvozabon: "Zidan futbolda hech narsani tushunmaydi"

Argentinalik sobiq darvozabon: "Zidan futbolda hech narsani tushunmaydi"
Argentina terma jamoasi sobiq darvozaboni Ugo Gatti \"Real\" Madrid klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidanni jiddiy tanqid ostiga oldi.

“Real” g‘alaba qozongan paytda Zidan bu jamoa uchun hech narsa qilmadi. U futbolda hech narsani tushunmaydi. Avval unda Ronaldu va Ramosning gollari bor edi. U faqatgina shularning hisobiga g‘alaba qozonib kelgan. Zidan jamoa taktikasini o‘zgartira olmaydi. “Real” bundan keyin ham yanada yomonroq o‘ynashiga ishonaman”, - deydi Gatti.

Eslatib o‘tamiz, Zidan o‘tgan mavsum yakunlangach jamoadan ketgan edi. Biroq, joriy yilning 11 mart kuni rahbariyat yana uni o‘z lavozimiga qaytardi. Uning boshqaruvidagi jamoa qatorasiga ikkinchi mavsum ham La Ligani 3-o‘rinda yakunlaydigan bo‘ldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.