Shahobiddin Zoirov gruziyalik raqibini 1 raunddayoq ringga qulatdi

Shahobiddin Zoirov gruziyalik raqibini 1 raunddayoq ringga qulatdi
Olimpiada o‘yinlari g‘olibi Shahobiddin Zoirov Daniyada tashkil etilgan professional boks oqshomida jang o‘tkazdi.

Ushbu jangda hamyurtimizga gruziyalik Mishiki Shubitidze (12-13-3, 5KO) raqiblik qildi. 6 raundga mo‘ljallangan jang muddatidan oldin yakunlandi. Hamyurtimiz birinchi raundning o‘zidayoq raqibidan ustun ekanligini namoyish etdi va nokaut evaziga g‘alaba qozondi.

Ma’lumot uchun, Zoirov prof ringdagi debyutini 5 aprel kuni nishonlagan va unda indoneziyalik raqibini mag‘lubiyatga uchratgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.