Arda Turan «Barselona» ettinchi raqamda o‘ynaydi

Arda Turan «Barselona» ettinchi raqamda o‘ynaydi
Arda Turan «Barselona» ettinchi raqamda o‘ynaydi

\"Barselona\" klubi yarim himoyachisi Arda Turan qaysi raqam ostida to‘p surishiga oydinlik kiritib oldi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar berdi.

Demak, turkiyalik futbolchi ettinchi raqamda o‘ynaydigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Turan yozgi transferlar mavsumi vaqtida “Barselona” safiga kelib qo‘shilgandi, ammo yangi o‘yinchilarni qaydnomaga kiritish ta’qiqlangani tufayli maydonga tusha olmayotgandi.

Jamoaning boshqa bir yangi futbolchisi Aleish Vidal 22 raqm ostida to‘p suradigan bo‘ldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.