Messining “xet-trigi” “Barselona”ning yirik g‘alabasini ta’minladi (Video)


Ispaniya chempionati 19-turiga start berildi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.
Turning dastlabki bahsida \"Barselona\" o‘z maydonida \"Granada\"ni qabul qilib, 4:0 hisobida yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. \"Kataloniyaliklar\" etakchisi Lionel Messi mazkur o‘yinda \"xet-trik\" qayd etgan bo‘lsa, yana bitta golni Neymar o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng \"ko‘k-anorlilar\" ochkolar sonini 42 taga etkazib, turnir jadvalida peshqadamlikni qaytarib olishdi. \"Granada\" 17 ochko bilan 17-o‘rinda qolib ketdi.
\"Barselona\" – \"Granada\" - 4:0 (2:0, 2:0)
Gollar: Messi (8, 14, 58) – Neymar (83)
Ogohlantirishlar: Rochina (29), Mendes (56), Lomban (57), Doriya (60), Aleish Vidal (63)
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













