Alvaro Gonsales: Messi meni «yaramas» deb atadi, men uni «pakana» dedim


\"Espanol\" klubi himoyachisi Alvaro Gonsales Ispaniya Kubogining 1/8 finalidan o‘rin olgan uchrashuvda \"Barselona\" hujumchisi Lionel Messi bilan o‘rtasidagi to‘qnashuv haqida gapirib o‘tdi.
\"Leo o‘yin davomida meni tanqid qila boshladi. Ba’zi paytlarda men unga javob qaytarib turdim. U meni \"yaramas\" dedi, javobiga men uni \"pakana\" deb aytdim. Biz ikkimiz bu gaplarga rozi bo‘lib, kulishdik-da, bu vaziyatni unutib yubordik.
Pashshadan fil yasash shartmas. Maydonda bunday voqealar ko‘p ro‘y beradi. Bu voqealar maydonda qolgani yaxshi\", - deydi Gonsales.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













