Konor Makgregor 2019 yil oxirigacha jang o‘tkazadi

Konor Makgregor 2019 yil oxirigacha jang o‘tkazadi
Foto: Google Images
Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor Makgregor MMA’ga qaytishi haqida gapirdi.
«Bu yil jang qilamanmi? Ha, bu ishni qila olaman.

Kurashga qaytish borasida jarroh bilan suhbatlashdim. Hoziroq qaytishim mumkin, men formamni yo‘qotmaganman. Ba’zi uslublarimni ko‘rib olishim kerak.

Shularni inobatga olmaganda men kuchga to‘laman va yil oxirigacha jang o‘tkazishni reja qilyapman», — deydi Konor.
So‘nggi bor Makgregor 2018 yilning 6 oktyabrida rossiyalik sportchi Habib Nurmagomedovga qarshi jang qilgan va to‘rtinchi raundda mag‘lubiyatga uchragandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.