Shimoliy koreyalik futbolchi "Yuventus"ga o‘tadi

Shimoliy koreyalik futbolchi "Yuventus"ga o‘tadi
\"Kalyari\" hujumchisi Xan Kvan Son faoliyatini \"Yuventus\"da davom ettiradi.
Turin klubi 20 yoshli forvardni 5 million yevroga sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Yosh futbolchi allaqachon Turinga tashrif buyurgan.
Qayd etish kerakki, u dastlab asosiy jamoa bilan mashg‘ulot olib boradi va yoshlar jamoasida o‘ynaydi. Shuningdek, vaqti-vaqti bilan asosiy jamoada ham o‘ynashi ko‘zda tutilgan.

Xan Kvan Son 2017 yildan beri Italiyada faoliyat olib boradi. U A Seriyada gol urgan birinchi shimoliy koreyalik o‘yinchiga aylangan.
Forvard o‘tgan mavsumni ijara asosida Seriya B da ishtirok etadigan \"Perudja\"da o‘tkazdi va 20ta o‘yinda maydonga tushib, 4ta gol urishga erishdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.