UFC 242 musobaqasida Salixov va Axmedov g‘alaba qozonishdi, Jojua texnik nokaut bilan yutqazdi

UFC 242 musobaqasida Salixov va Axmedov g‘alaba qozonishdi, Jojua texnik nokaut bilan yutqazdi
BAAning Abu-Dabi shahrida UFC 242 kechasi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, ikkita rossiyalik g‘olib bo‘ldi.
Omari Axmedov hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra, Zak Kammingsni mag‘lub etdi va shu tariqa o‘zining so‘nggi 5 jangidan to‘rtinchi g‘alabasiga erishdi.

Muslim Salixov birinchi raunddayoq raqibi Nordin Talebni nokautga uchratib, ajoyib g‘alabaga erishdi.
Shuningdek, Abu-Dabida o‘zining debyut jangini o‘tkazgan \"Axmat\" klubi a’zosi Liana Jojua raqibasi Sare Morasga texnik nokaut bilan yutqazdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.