JCh-2022 saralash. Feliks Sanches: "Omad kelmasa qiyin ekan"

JCh-2022 saralash. Feliks Sanches: "Omad kelmasa qiyin ekan"
Jahon chempionati saralash bosqichi ikkinchi raund 2-turida Qatar terma jamoasi durang o‘ynadi.
Qatarliklar uyda kutilmaganda Hindistonni yenga olishmadi. Bahs 0:0 hisobida yakun topdi. Qo‘lga kiritilgan durang natijani Qatar termasi bosh murabbiyi Feliks Sanches quyidagicha izohladi:

- \"Men natijadan xursand emasman. Biz g‘alaba qozonishni juda xohlagandik, lekin ba’zan o‘ylagan hamma rejang amalga oshavermaydi. Shuni aytishim mumkin, futbolda omad kelmasa qiyin. Biz 25ta xavfli vaziyat yaratib birortasini golga aylantira olmadik. Endi navbatdagi turda Bangladeshni mag‘lub etishga harakat qilamiz\".

Manba: championat.asia
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.