OFK Prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al Xalifa Toshkentga tashrif buyuradi

OFK Prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al Xalifa Toshkentga tashrif buyuradi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi taklifi bilan 15 sentyabr kuni Shayx Salmon bin Ibrohim al Xalifa O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
Osiyo Futbol Konfederatsiyasi hamda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, o‘zaro ishonch va munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan ushbu tashrif davomida Shayx Salmon yurtimiz futbolidagi islohotlar va kelajakdagi rejalar bilan yaqindan tanishadi.

Xabaringiz bor, ertadan poytaxtimizda Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi tomonidan o‘tkaziluvchi “CAFA U-15 Girls Championship-2019” musobaqasi start oladi. Ushbu turnirning hal qiluvchi o‘yinini qit’a futboli rahbari bevosita stadiondan kuzatib borishi kutilyapti.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.