Mahmud Murodov UFC bilan shartnoma imzolagan birinchi o‘zbek bo‘ldi

Mahmud Murodov UFC bilan shartnoma imzolagan birinchi o‘zbek bo‘ldi
Foto: «instagram.com»
Floyd Meyvezer jamoasi a’zosi, o‘zbekistonlik Mahmud Murodov UFC bilan shartnoma imzoladi.
Mahmud Murodov «Ultimate Fighting Championship» bilan shartnoma imzolagan birinchi o‘zbekistonlik bo‘ldi. Bu haqda u o‘zining Instagramdagi sahifasida ma’lum qildi.
Mahmud Murodov UFC bilan shartnoma imzolagan birinchi o‘zbek bo‘ldi
«Bugun men dunyoning eng kuchli tashkiloti UFC bilan shartnoma imzoladim. Men UFCdagi birinchi o‘zbekman. Menga ishonganingiz uchun barchangizga katta rahmat. Birgalikda biz navbatdagi g‘alabalar sari boramiz», deb yozdi sportchi.

Mahmud Murodov amerikalik mashhur bokschi Floyd Meyvezer jamoasi a’zosi sanaladi. U Oktagon va XFN ligalarida jang o‘tkazgan. Faoliyati davomida MMA yo‘nalishida 22 bor g‘alabaga erishgan va olti marta mag‘lub bo‘lgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.