Jo‘rabek Karimov Qozog‘istonda chempion bo‘ldi

Jo‘rabek Karimov Qozog‘istonda chempion bo‘ldi
Qozog‘istonning Olma-ota shahrida o‘tkazilgan \"Fyuchers\" turkumiga kiruvchi turnirda hamyurtimiz Jo‘rabek Karimov bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

Sovrin jamg‘armasi 25 ming AQSh dollarini tashkil qiluvchi mazkur turnirning so‘nggi hal qiluvchi final uchrashuvida qozog‘istonlik Beybit Jukayev bilan raqobatlashdi.

Jo‘rabekning to‘liq ustunligida o‘tgan o‘yin 7:5, 6:3 hisobida yakunlandi. Bu g‘alaba iste’dodli tennischimizga musobaqaning bosh sovrinini keltirdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.