Jahon chempionlarimizga "Treker", "Jentra" va "Neksiya 3" avtomobillari topshirildi (Foto)

Jahon chempionlarimizga "Treker", "Jentra" va "Neksiya 3" avtomobillari topshirildi (Foto)
Xabaringiz bor, 8-21 sentyabr kunlari Rossiyaning Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.

Ushbu jahon birinchiligida o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari har qachongidan ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. Bu orqali yigitlarimiz jahon chempionatini umumjamoa hisobida birinchi o‘rinda yakunlashdi.
Jahon chempionlarimizga "Treker", "Jentra" va "Neksiya 3" avtomobillari topshirildi (Foto)
Bugun, 30 sentyabr kuni poytaxtimizdagi \"Olimpiya shon-shuhrati\" muzeyida bokschilarimizni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston boks federatsiyasi raisi Achilbay Ramatov, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Rustam Shoabdurahmonov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev, sportchi va murabbiylar, ommaviy axborot vositalari xodimlari va boshqalar ishtirok etishdi. Bu haqda boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Jahon chempionlarimizga "Treker", "Jentra" va "Neksiya 3" avtomobillari topshirildi (Foto)
Tadbir davomida Achilbay Jumaniyazovich so‘zga chiqar ekan, sportchilarimizni qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyat bilan muborakbod etdi. Ushbu muvaffaqiyat zamirida mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qaratilayotgan e’tibor turganini alohida qayd etib o‘tdi. Shuningdek, erishilgan yutuq bilan to‘xtab qolmaslik, maqsad qilingan ishni hozircha bir qismigina bajarilganini, Tokio Olimpiadasida bundanda ulkan zafarlar kutilishini ta’kidladi.
Jahon chempionlarimizga "Treker", "Jentra" va "Neksiya 3" avtomobillari topshirildi (Foto)
Bundan tashqari tadbir davomida terma jamoamiz murabbiylari Marat Qurbonov, Rahmatjon Ro‘zioxunov, bokschi Bahodir Jalolov va Dilshodbek Ro‘zmetovlar ham so‘zga chiqib, ushbu e’tibordan mamnun ekanliklarini aytishdi. Kelajakda bundanda yirik muvaffaqiyatlarga erishishlarini qayd etishdi.
Jahon chempionlarimizga "Treker", "Jentra" va "Neksiya 3" avtomobillari topshirildi (Foto)
Shundan so‘ng jahon chempionati qahramonlariga \"Prezident sovg‘asi\" - avtomobillar taqdim etildi. Jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan Shahobiddin Zoirov, Mirazizbek Mirzahalilov va Bahodir Jalolovlarga \"Treker\" avtomobili, kumush va bronza medali sohiblari Dilshodbek Ro‘zmetovga \"Jentra\", Bobousmon Baturovlarga \"Neksiya 3\" avtomobillari kaliti topshirildi.
Jahon chempionlarimizga "Treker", "Jentra" va "Neksiya 3" avtomobillari topshirildi (Foto)
Shuningdek, terma jamoamizning muvaffaqiyatida o‘z hissasini qo‘shgan murabbiylarga ham pul mukofotlari taqdim etildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar esdalik uchun suratga tushishdi.
Jahon chempionlarimizga "Treker", "Jentra" va "Neksiya 3" avtomobillari topshirildi (Foto)
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.