Arsen Venger nima uchun "Real"ni rad etgani haqida ommaga ma’lum qildi

Arsen Venger nima uchun "Real"ni rad etgani haqida ommaga ma’lum qildi
\"Arsenal\" sobiq murabbiyi Arsen Venger bir paytlar Angliyada ishlayotgan davrda \"Real\"da ishlashdan bosh tortgani borasida gapirib berdi.
\"Bolaligimdan o‘zimga yoqqan uslubla ishlashni o‘ylardim. Ba’zida biroz o‘ylanib qolaman va \"Menda hammasi yaxshimi yoki yo‘q?\" degan savolni o‘zimga beraman. Lekin, \"Arsenal\"da o‘zim istagan uslubda ishlaydigan joyimdaman, deya his qilardim.

\"Real\"ga kelsak, u yerda juda ajoyib shart-sharoitlarga ega bo‘lishim aniq edi. Ammo, jamoaga ko‘p ham ta’sir o‘tkaza olmasdim. Shuning uchun, \"Arsenal\" bilan sevgi tariximni davom ettirishga qaror qilgandim\", – deydi Venger.

69 yoshli fransiyalik \"kanonirlar\"ni 1996-2018 yillarda boshqargan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.